Zarafshonbot’ga murojaat: "Suvni tashib, sotib olib ichyapmiz - dastur bo‘yicha ajratilgan mablag‘ qayerga ketdi?"
- 20.09.2022 16:47
- 93
- Jamiyat
Narpay tumanining Qozikent mahallasi, Damcha qishlog‘idan murojaat qilyapmiz.
O‘tgan yili qishlog‘imiz aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi Davlat dasturiga kiritilib, suv inshooti qurish, 11 kilometrlik tarmoq tortish ishlarini bajarish belgilangan edi. Joriy yil mustaqillik bayrami arafasida mahallamizning 100 ga yaqin xonadonlari ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Bu haqdagi axborot “O‘zbekiston-24” telekanalida ham namoyish etildi.
Ammo xursandchiligimiz uzoqqa cho‘zilmadi. Bugun ushbu inshoot 10 ta xonadonni ham suv bilan ta’minlay olmayapti. Mutasaddilardan buning sababini so‘rashdan armonimiz qolmadi – tayinli javob yo‘q. Bir chelak suvni 500-600 sumdan sotib olyapmiz.
Toza ichimlik suvi muammosidan qiynalayotganimiz o‘zimizga ayon. Ammo davlat tomonidan ajratilgan millionlab mablag‘ qayerga ketdi?
Jo‘raqul SIDDIQOV.