Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor?
- 01.05.2023 14:26
- 224
- Qonun va hujjatlar
Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:
➖ murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
➖ murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
➖ murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
➖ murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
➖ jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik.
Ushbu harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga 330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Teglar:
Murojaat