3 dekabrdan bir qator davlatlar bilan aviaqatnov to‘xtatilmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatildi.
Mazkur davlatlarning fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida yuqoridagi davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaydi.
Mas’ul vazirlik va idoralar ushbu davlatlardagi mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda ular bilan xalqaro aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash yuzasidan taklif kiritib borishi belgilandi.
Mazkur cheklov 2022 yil 10 yanvargacha davom etadi.