38 yillik "uyqu"dan so‘ng dunyodagi eng katta - "Mauna-Loa" vulqoni uyg‘ondi
- 29.11.2022 10:23
- 88
- Xorij
Gavayi orolidagi "Mauna-Loa" - hajmi 75000 km³ bo‘lgan megavulqondir. Uning qalqoni ostida magma faol ravishda to‘planib, bosim kuchayib boradi.
Oxirgi marta vulqon 1984 yilda otilgan. O‘shanda u eng faol Kilauea vulqoni uch yilda hosil qilgan lavani uch hafta ichida chiqardi. Lava juda tez harakat qilardi va uch soatda qirg‘oqqa yetib keldi.
1950 yilda "Mauna-Loa" otilishi yaqin atrofdagi Xoakino Moka qishlog‘i va mahalliy avtomagistralni vayron qilgan edi.
Gavayi vulqon rasadxonasi "Mauna-Loa"ga sariq ogohlantirish belgilagan.
Teglar:
vulqon otilishi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!