Yangi orol hosil qilayotgan vulqon kraterida uchinchi yoriq ochildi

Palma orolidagi vulqon otilishi avjiga chiqqan bir paytda Kumbre-Vexa kraterida uchinchi yoriq ochildi. Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, yangi lava oqimi oldingisi o‘tgan asosiy yo‘l bo‘ylab oqmagan va yangi vayronalar bilan tahdid qilmoqda.

Otilish deyarli ikki haftadan beri davom etmoqda. Bu vaqt ichida lava oqimi 300 gektardan oshiq maydonni qopladi va mingdan ortiq uyni vayron qildi. Minglab mahalliy aholi evakuatsiya qilingan Palma oroli hududi falokat zonasi deb e’lon qilindi. Aeroport yopiq, kemalar harakati cheklangan. Aholidan ko‘chaga chiqmaslik va derazalarni ochmaslik so‘ralmoqda.

Bir necha kun oldin cho‘g‘ vulqon otilmalari qirg‘oq chizig‘iga yetib keldi va okeanga tusha boshladi. Mutaxassislar lavaning sho‘r suv bilan o‘zaro aloqasi katta miqdordagi zaharli gazlar chiqishiga olib kelishi mumkinligidan havotirda. Havoda allaqachon oltingugurt dioksidining ko‘payishi qayd etildi. O‘z navbatida, lava 10,5 gektardan oshadigan yangi yarim orol yaratmoqda.