Palma: “Uylar sariyog‘ kabi erimoqda”
- 21.09.2021 15:23
- 78
- Xorij
Yakshanba kuni tushdan keyin Palma (Kanar) orolida, Yel-Paso munitsipalitetida Kumbre-Veja vulqon tizmasining otilishi boshlandi.
Oqibatda aholi turar joylarga yaqinlashgan lava oqimi, yuzlab binolarni “yuta” boshladi, minglab odamlar evakuatsiya qilinmoqda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yuzdan ziyod binolar zarar ko‘rgan, ko‘plab ekinzor va o‘rmonlar kulga aylanmoqda.
Lavadan chiqqan cho‘g‘ning balandligi 6 metrga yetadi, u asta-sekin, lekin to‘xtovsiz dengiz tomon harakatlanyapti. Vulqon otilishi juda ko‘p lava to‘plangani bois bir necha hafta yoki oy davom etishi mumkin.
“Yong‘indan hech bo‘lmaganda tosh qoladi va binolarni qayta tiklash mumkin. Ammo lavadan uylar sariyog‘dek eriyapti, ulardan faqat qora kul qolyapti xolos”, - deydi Todokadagi Las-Norias turistik majmuasi boshqaruvchisi Seliya Diana. U faoliyat yuritadigan Kanada orollaridagi “Canary Islands Online”ga tegishli 15 ta turistik uyni lava kul qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa