BIRINCHI PARTA
Sadir muallim ishdan ketar ekan. Direktor uningendi bu maktabda bir kun ham ishlamasligini aytibdi.
Bu xabar tezda maktab devorlaridan chiqib, butunmahallaga tarqaldi. Afsus, u ona tili va adabiyotfanidan dars beradigan juda yaxshi o‘qituvchi edi: hechkimga ozor bermaydigan, halol mehnati bilan kunko‘radigan, bolalar uchun to‘garaklarni ham bepul vabeminnat o‘tadigan kamtar ustoz.
Bir kuni maktab yig‘ilishida o‘qituvchilarningko‘pchiligi Sadir muallimning ketmasligini istab, direktorga qarshi chiqishibdi. Faqat “tilchilar” jimturishgan, xolos.
– Bir kun ham ishlamaydi, – debdi direktor qat’iy. – Chunki u o‘quvchining qulog‘idan tortib, sinfdanhaydab chiqargan. Keyin ota-onasi kelib uning aybinitan oldirganini telefon diktofoniga yozib olishgan. Bu audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Maktabimiz sha’niga putur yetkazdi bu ustoz.
Afsus, u bu ishni shu o‘quv yilida zo‘rg‘a topganedi. Hozir o‘quvchilarni milliy sertifikatgatayyorlayotgan edi. Tayyorlayotgan o‘quvchilariningko‘pchiligi yana bir oydan keyin “A+” darajadagisertifikat olishiga uning ishonchi komil edi.
Aslida esa voqea butunlay boshqacha bo‘lgan. Bunga men va mening yigirmadan ortiq sheriklarimguvoh bo‘lganmiz. Qaniydi buni direktorga yokiustozni ishdan bo‘shatishni talab qilgan “kattalar”gaayta olsak. Qaniydi ular bizni eshitishsa. Afsus, aytaolmaymiz. Afsus, hech kim bizni eshitmaydi.
Ota-onasiga arz qilib borgan o‘sha bola – Shermat. Sinfdagi eng to‘polonchi, qaysar, uquvsiz o‘quvchi.
Bir kuni katta tanaffusda Sadir muallimkundalik.com ga baho qo‘yib o‘tirardi. Sinfxonadafaqat klaviatura tovushi eshitilar, ba’zan muallimningyengil xo‘rsinishi quloqqa chalinardi.
Shunda eshik shap etib ochildi. Shermat kiribkeldi. Uning yuzida har doimgi masxaraomuztabassum.
– O‘tgan safar darsingizdan qochib ketganimni“zauch”ga chaqib beribsiz, – dedi u va muallimningjavobini ham kutmasdan so‘zida davom etdi. – U onamga aytibdi. Men esa yolg‘on dedim. Baribir onammenga ishonadi. Bugun ham oxirgi soat sizniki ekan. Men ketyapman. Ishlarim bor. Orqamdan bir gap qilsangiz, mendan yaxshilik kutmang.
Sadir muallim bir lahza jim turdi. Kompyuterekranidagi yorug‘lik uning ko‘zoynagiga tushib, ko‘zlarini yashirib qo‘ygan edi.
– Sen anchadan beri asabimga tegib yuribsan, Boqiyev, – dedi ustoz sokin ovozda. – Iltimos, hozirsinfdan chiqib ket. Mening ishim ko‘p. Tanaffuspaytida ulgurmasam, direktordan gap eshitaman.
Shermat kuldi.
– Chiqmayman. Chiqmasam, nima qilasiz? Urasizmi? Qani, chertib ko‘ring.
Muallim chuqur nafas oldi.
– Senga yaxshi gap bilan aytyapman. Biz o‘qigandavrda maktab muhiti boshqacha edi. Sinfimizda sengao‘xshagan qaysar bir bola bor edi. Bir kuni tincho‘tirmagani uchun o‘qituvchi uning qulog‘idan tortib, sinfdan chiqarib yubordi. Uning nohaqlikkachidolmaydigan, kerak bo‘lsa butun mahallani boshigako‘taradigan baqiroq buvisi bor edi. O‘sha sinfdoshim“hozir buvimni chaqirib kelaman, ustozga haqiniberadi”, deb chiqib ketdi. Birozdan keyin esashumshayib qaytib keldi. Kirib kelgach, ustozdan uzrso‘radi. Keyin bilsak, buvisi: “Agar ustozingqulog‘ingdan tortgan bo‘lsa, demak sening aybing bor. Maktabingga qayt, ustozingdan uzr so‘ra”, deb yuzigashapaloq tortib jo‘natib yuborgan ekan.
– Menga bu ertaklaringiz qiziq emas! – dediShermat jahl bilan. – Darsingizga qatnashmayman, vassalom. Ortimdan chaqma-chaqarlik qilmang!..
U hatto so‘kinib ham qo‘ydi.
Shunda ustoz chidolmadi. O‘rnidan turdi. Bir qo‘libilan Shermatning qulog‘idan yengil ushladi, ikkinchiqo‘lini yelkasiga qo‘yib uni eshik tomon boshladi.
– Zamon ko‘targanda edi, shu qulog‘ingni uzibqo‘lingga berib yuborardim, – dedi u asabiy. – Darsimga kirmasang ham mayli. Hech kimgaaytmayman. Faqat hozir asabimga tegma. Bor!
Shermat qarshilik qilmadi. O‘zi yurib chiqib ketdi. O‘sha kuni darsga ham kirmadi.
Ertasi kuni katta tanaffusda u bir ayol bilan birgakirib keldi. Ayolning qo‘lida telefon bor edi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, u suhbatni yozib olayotgan ekan.
– O‘g‘limni qulog‘idan tortib, yelkasiga urib, itaribsinfdan chiqarib yuboribsiz! Nima haqqingiz bor? – deb tinmay baqira ketdi ayol.
– Shoshmang, opa, – dedi ustoz ayol nafas olishuchun bir lahza to‘xtaganida. – Aslida o‘g‘lingizkattaroq jazoga loyiq. Agar mening o‘g‘limbo‘lganida...
– To‘xtang! – dedi ayol. – Qulog‘idan tortganingizrostmi?
– Qulog‘idan ushlaganim rost, lekin...
– Demak rost! Sinfdan chiqarib yuborganingiz-chi?
– Chiqarganim rost, lekin itarib emas...
– Bo‘ldi! Menda boshqa savol yo‘q! – dedi ayol. –Demak, o‘g‘lim aytgan gaplar rost: qulog‘idantortgansiz, yelkasiga urgansiz, itarib chiqargansiz.
Shu bilan u o‘g‘lini yetaklab sinfdan chiqib ketdi.
Bu voqeaga ham ularga eng yaqin turgan men vayana bir nechta sheriklarim guvoh bo‘lganmiz. Achinarlisi, hech kimga aytolmaymiz.
Mana uch-to‘rt kundan beri Sadir muallim darsgakelmayapti. Aytishlaricha, u o‘z xohishiga ko‘ra ishdanbo‘shash to‘g‘risida ariza yozibdi. Aslida esa bu uningxohishi emas.
Agar Shermatning otasi qaysidir tashkilotda rahbarbo‘lmaganida, onasi esa shantaj qilib ustozni ishdanbo‘shatishni talab qilmaganida, Sadir muallim o‘ziningsevgan kasbidan voz kechmas edi.
Chunki u o‘qituvchilikdan boshqa ishni yaxshibilmasdi.
Bir vaqtlar o‘qituvchilar oyligi kamayib ketgandau maktabni tashlab, mardikorlik ham qildi – eplolmadi. Xorijga ishlashga ketdi – omadi kelmadi. Keyin o‘qituvchilarga yana imkoniyatlar yaratilayotganinieshitib qaytib keldi. Malaka oshirdi. Zo‘rg‘a shu ishgakirdi.
Olti oy ishlab, bir necha yildan beri ijarama-ijarayurishdan charchagan oilasi uchun kreditga uy ham oldi. Maktabdagi oyligi esa ikki farzandi, kasal xotiniva kredit to‘lovlariga zo‘rg‘a yetardi.
Uning maktabdagi ishidan umidi katta edi: shogirdlari milliy sertifikatdan “A+” olishi, o‘quvchilari olimpiadalarda g‘olib bo‘lishi, o‘zi esaoliy toifaga ega bo‘lib, oyligi oshishi...
Sadir muallimning yana qanday dardlari bor – bilmayman. Keyingi taqdiri nima bo‘ladi – hayronman.
Ammo Shermat va uning onasi uchun go‘yo buhokisor ustozni ishdan bo‘shatishdan boshqa tashvishyo‘q edi.
Men boshqalarni bilmayman, ammo Shermatniyaxshi bilaman. U o‘ziga o‘xshagan bir qizni sevadi. Ularning dastidan sheriklarimning yuziga dog‘ tushgan. Yaqinda esa men ham ularning “sevgisi”danaziyat chekdim.
Chunki Shermat aslida doim oxirgi partadao‘tirardi. Xohlasa uxlardi, xohlasa boshqa ishlar bilanshug‘ullanardi. Darslarga hech qachon qiziqmasdi.
Maktabga yangi kelgan Sadir muallim uni tartibgachaqirishga harakat qildi. Bir kuni darsida uni birinchipartaga o‘tirishga chaqirdi.
Shermat istamagan holda kelib o‘tirdi.
Ustoz uni turli yo‘llar bilan darsga qiziqtirishgaurinib ko‘rdi. Afsuski, unga aql kirmadi.
Men esa bir marta Sadir muallimdan shu ishiuchun xafa bo‘lganman.
Agar muallim Shermatni BIRINCHI PARTAga – ya’ni, MENga o‘tirishga majbur qilmaganida edi, yuzimga ikki yurakcha shakli chizilmagan, ularningichiga esa “Sh” va “O” harflari o‘yib yozilmaganbo‘lardi...
Charos NARZULLAYЕVA.