4-sektor rahbari Samarqand va Kattaqo‘rg‘on tumanlari aholisining murojaatlarini tingladi

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Shodiyor Ahmedov Samarqand tumani Arabxona va Kattaqo‘rg‘on tumani Melixo‘ja mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabullarda aholining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, arzon uy-joylar bilan ta’minlash, yo‘llarni ta’mirlash, ko‘prik qurish, ko‘cha yoritgichlarini ishga tushirishda amaliy yordam so‘ralgan murojaatlari tinglandi. Shuningdek, soliq to‘lovchilarga huquqiy tushunchalar berildi.

fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Raimberdi Sanaqulov murojaat qildi.

- Xo‘jaliklar soni oshganligi sababli transformator kuchlanishni ko‘tara olmayapdi, - dedi Yangi Qo‘rg‘oncha mahallalik Raimberdi Sanaqulov. - Yaqinda ta’mirlatgandik, yomg‘ir sababli yana buzildi. Hozir elektrsiz o‘tiribmiz. Qishloqdagi 180 ta xo‘jalikka yangi transformator zarurligi masalasidagi murojaatimiz bugungi qabulda o‘z yechimini topsa yaxshi bo‘lardi. Yo‘limiz ham ta’mirtalab ahvolda. Yog‘ingarchilikda farzandlarimiz suv, loy kechib darsga qatnashga majbur.

Shuningdek, ushbu hududda yashovchi fuqarolar uchun ichimlik suvi muammosi o‘rtaga tashlandi.

Fuqarolar tomonidan kelib tushgan shu kabi murojaatlarning har bittasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga vazifalar yuklanib, belgilangan tartibda hal etilishi nazoratga olindi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.