40 ta noqonuniy turarjoy uchun egalik huquqi berildi
Mazkur aksiya doirasida davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari hamda adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan joylarga chiqib, aholi bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Shunday targ‘ibot tadbirlari natijasida hozirgacha viloyat bo‘yicha jami 8801 ariza qabul qilinib, ularning 1139 tasiga mulk huquqi e’tirof etish yuzasidan hokim qarori chiqarildi. Qolgan 1440 tasi turli sabablarga ko‘ra, rad etilgan va 4603 ta ariza komissiya a’zolari tomonidan o‘rganilmoqda.
Samarqand shahar hokimligida o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi F.Rahimov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Xalilov va davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Turobov o‘zboshimchalik bilan qurilgan turarjoylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishning shartlari bo‘yicha tushuncha berdilar. Tadbir so‘ngida 40 nafar fuqaroning turarjoy binolariga hokimning mulk huquqini e’tirof etish yuzasidan qarorlari topshirildi.
Markazlar yangi binoga ko‘chadi
Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasida tuman va shaharlardagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligi, sohadagi yutuq va kamchiliklar, kelgusi vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma boshlig‘i M.Qurbonov tizimdagi yangiliklar, amaliyotga kiritilayotgan yangi xizmat turlari va ularni joriy etish haqida so‘z yuritdi.
– Davlatimiz rahbarining 2018 yil 8 maydagi qaroriga ko‘ra, joylardagi markazlar uchun davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida zamonaviy binolar qurilishi rejalashtirilgan, – deydi davlat xizmatlari agentligining mas’ul xodimi T.Orziyev. – Hududlarda bu borada salmoqli ishlar bajarilgan. Ayniqsa, Bulung‘ur, Nurobod, Jomboy va Samarqand tumanlarida ishlar jadallik bilan olib borilib, yangi qurilayotgan binolar 2019 yil Navro‘z bayramigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Alisher PRIMOV,
davlat xizmatlari agentligi viloyat
boshqarmasi mas’ul xodimi.