5 000 AQSh dollariga ko‘rshapalak uyasini topib berishini va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Jizzax viloyatining G‘allaorol tuman IIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 20 mart kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 33 yoshli D.N.dan Sarbozor mahallasida joylashgan “Mingchinor” choyxonasida tanishi, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 38 yoshli A.U. saraton va boshqa turdagi og‘ir kasalliklarga davo bo‘luvchi ko‘rshapalak uyasini topib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 5 000 AQSh dollari oladi. Va shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Shundan so‘ng jizzaxlik fuqaro ichki ishlar organiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.N. ushlangan va tergov harakatlari boshlangan.

Shu o‘rinda ma’lumot. “Ko‘rshapalak uyasi” – bu ham tovlamachilikning bir turi. Chunki biologik jihatdan ko‘rshapalaklar in qura olmaydi. Ular pana-pastqam joylardan, g‘orlarda osilib yashashadi. Uya haqidagi har qanday axborot yolg‘on va haqiqatga mutlaqo mos kelmaydi. Xushyor bo‘ling! Firibgarlar tuzog‘iga ilinib qolmang!