5 ta avtomashinani tunagan 4 nafar yigit ushlandi

Muqaddam sudlangan 23 yoshli E.B. tanishlari 22 yoshli F.M., 23 yoshli M.K. va O.T.lar bilan jinoiy til biriktirib, 2020 yilning 27 iyun kunidan 5 iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, tungi vaqtda Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida 5 nafar fuqarolarning turli rusumdagi avtomashinalari old eshiklarini bir xil usulda buzib ochishib, avtomashina ichidagi narsa-buyum va naqd pullarni talon-toroj qilib, jami 12.410.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazganlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida jinoyatchilar protsessual tartibda ushlanib, ulardan o‘g‘irlangan buyumlarning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berishicha, dastlabki tergov jarayonida, E.B., F.M., M.K. va O.T.lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborilgan.