50 million so‘mlik “Tropikamid”ning savdosi “pishmay” qoldi
- 09.01.2020 17:10
- 183
- Jinoyat va jazo
Davlat bojxona qo‘mitasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Tropikamid” dori vositasining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida fuqaro N.J. tomonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 50 million so‘mlik 500 dona “Tropikamid” dori vositalarini yashirincha sotayotgan vaqtida tezkor guruh xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa