5,5 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘riligi: Toyloqda elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
«O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmati xabar berishicha, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Toyloq tumanida 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning fermani aniqlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, tumanning «Chorag‘bon» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro tijorat maqsadida 55 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.
"Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 5 mlrd 528 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi", deyiladi xabarda.