6 oyda Samarqanddagi kichik sanoat zonalarida 69 ta loyiha ishga tushirildi
- 11.07.2021 14:01
- 57
- Iqtisodiyot
Bugungi kunda viloyatda 7 753 ta sanoat korxonasi, shundan 7 693 ta kichik korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yilning birinchi yarmida sanoat ishlab chiqarish hajmi 9,9 trillion so‘mni, o‘sish sur’ati 107,2 foizni tashkil etdi. Bunda:
- tog‘-kon sanoati 2,1 barobar (49,5 milliard so‘m)ga;
- to‘qimachilik mahsulotlari 1,3 barobar (467,7 milliard so‘m)ga;
- oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 barobar (651,2 milliard so‘m)ga oshgan.
Viloyatda hududiy sanoat ishlab chiqarish hajmi esa 4 426,6 milliard so‘mni, o‘sish sur’ati 110,3 foizga yetdi.
Viloyatdagi 26 ta (158,4 gektar) kichik sanoat zonalarida 143 ta loyiha (775,7 milliard so‘m) joylashtirildi. Shundan 69 ta loyiha ishga tushirilib, ushbu korxonalar tomonidan 69,3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa