8,5 mingdan ortiq nemislar vaksina o‘rniga fizeritma qabul qilgan
Germaniyada koronavirusga qarshi vaksina o‘rniga 8,5 mingdan ortiq kishi, jumladan 70 yoshdan oshganlar fizeritma qabul qilgan. Bu haqda Suddeutsche Zeitung sayti Quyi Saksoniya federal shtatining Frizland okrugi xabariga tayanib yozmoqda.
Ekspertlar apreldagi voqea yuzasidan ilgari boshlangan tergov natijasida shunday xulosaga kelishdi. O‘shanda vaksina markazi xodimi Pfizer vaksinasini fizeritma bilan almashtirgani aniqlangan edi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, dori o‘rniga olti kishi "puch darmon" olgan. Hamshira buni qasddan qilganini tan oldi, lekin u o‘z xatti-harakatini qimmatbaho dorili ampulani tushirib yuborganini bildirishni istamagani bilan izohladi.
«Ammo, tergov davomida ukollarni emlashga tayyorlayotgan ayol boshqa hollarda ham preparatni eritma bilan almashtirgani ma’lum bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, shu yilning 5 martidan 20 apreliga qadar ayol in’yeksiya qilganida, dori o‘rniga 8,5 mingdan ortiq bemorga eritma qilingan bo‘lishi mumkin», deyiladi okrug bayonotida.
COVID-19 ga qarshi preparatlarni almashtirish holatini tergov qilish siyosiy motivli jinoyatlar bo‘yicha komissarligiga topshirildi.