AQSh COVID-19 sababli yangi kirish qoidalarini joriy etadi

8 noyabrdan AQShga noimmigratsion vizalar bilan ketayotgan xorijliklar reysga chiqish paytida mamlakatda yoki Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan vaksina bilan emlanganlik haqida guvohnoma taqdim etishi kerak, deya ma’lum qildi davlat departamenti.

“2021 yil 8 noyabrdan boshlab AQShga havo yo‘llari orqali sayohat qilayotgan barcha muhojir yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar AQShga uchayotgan samolyotga chiqishdan oldin to‘liq emlangan bo‘lishi va ushbu holatni tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari shart”, deyiladi agentlik saytida.

Qayd etilishicha, qoida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, tibbiy nojo‘ya ta’sirga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan va insonparvarlik nuqtai nazaridan juda cheklangan istisnolarda qo‘llanilmaydi.

Ma’muriyat aniqlik kiritadi: ikki komponentli tasdiqlangan vaksina parvozdan kamida ikki hafta oldin olinishi kerak.