Abraj al-Bayt soat minorasi Saudiya Arabistonidagi eng baland bino
Ushbu bino (Abraj al-Bait - Makkah Royal Clock Tower)ning balandligi 601 metrni tashkil etadi.
Binoning yer ustidagi qavatlari 120 (yer ostida ham 3 qavati bor) ta, uning qurilishi 2012 yil tugallangan.
Balandligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda, ya’ni Burj Xalifa (Dubay, Birlashgan Arab amirligi, balandligi - 828 metr, qavatlar soni - 163 ta), Merdeka 118 (Kuala Lumpur, Malayziya, balandligi - 678 metr, qavatlar soni - 118 ta), Shanxay minorasi (Shanxay, Xitoy, balandligi - 632 metr, qavatlar soni - 128) dan keyin turadi.
Undagi soatlar diametri 43 metr, soat strelkasi 17, daqiqa strelkasi 22 metrni tashkil etib, u dunyodagi eng katta va eng balandga o‘rnatilgan soat.
Qavatlarining 76 tasida 1 618 ta "xona"ga ega bo‘lgan "Fairmont" mehmonxonasi joy olgan.
Binoning qiymati 16 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lib, Masjid al-Haramdan keyin dunyodagi eng qimmat bino hisoblanadi.
Sherzod Suvonqulov tayyorladi.