Agronomlar uchun ish taklifi.

Diqqat, e’lon ! Agronomlar uchun ish taklifi.
|
|
“Uzagrostar xolding” kompaniyasi ta’sischiligidagi, ixtisoslashuv yo‘nalishi mayizchilik bo‘lgan |
Agronomlar tomonidan ish olib boriladigan hududlar:
Samarqand viloyati Qo‘shrabot, Ishtixon, Urgut hamda Navoiy viloyati Xatirchi tumanlari.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Yoshi 35 yoshgacha bo‘lgan;
- Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ma’lumot;
- Meva va uzumchilik, o‘simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik, agromuhandislik, dala ekinlari yoki shunga o‘xshash yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat staji, yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan;
- Mayiz yo‘nalishidagi fermer, dehqon va tomorqa yer egalari xo‘jaliklari bilan samarali ishlash va muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan;
- Dala ishlariga layoqati bo‘lgan;
- Qishloq xo‘jaligi texnologiyalariga qiziquvchan hamda ulardagi yangilanishlarni kuzatib boruvchi;
- Microsoft Word, Microsoft Excel dasturlari bilan mustaqil ishlash, ularda tahliliy hisobotlarni tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan;
- Kreativ fikrlash, tashabbuskorlik, o‘z vazifasiga kuchli mas’uliyat bilan, professional yondashish, jamoada ishlash qobiliyatlariga ega bo‘lgan.
- Yengil avtomashinani boshqarish guvohnomasi va tajribasi bo‘lgan.
Vazifalari:
- Mayiz yo‘nalishidagi fermer, dehqon va tomorqa yer egalari xo‘jaliklariga qarashli hududlarda mayizbop uzumlarni yetishtirish bo‘yicha agrotexnik yordam ko‘rsatish;
- Ushbu xo‘jaliklarda mayizbop uzumlarni yetishtirish jarayonlarini joyida monitoring qilib borish, hisobotlarni tayyorlash, ularni dasturiy ta’minot tizimlari va platformalariga kiritib borish;
- Uzumzorlar salomatligi, ularda olib boriladigan o‘g‘itlash, sug‘orish ishlari va hosildorlikni oshirishga qaratilgan usullar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berib borish;
- Ushbu xo‘jaliklarga rejali grafiklar asosida tashriflarni amalga oshirib, ularning “Qo‘shrabot agro star” bilan munosabatlarini mustahkamlash.
- Jarayonlardan kelib chiqib belgilanadigan boshqa vazifalar.
“Qo‘shrabot agro star” MChJ va uning oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2025 yildagi PF-22-son Farmoni, PQ-57-son Qarori hamda qushrabotagrostar.uz rasmiy sayti orqali ko‘proq axborot olishingiz mumkin.
* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *
Nomzodlar o‘z rezyumelarini tanlov e’lon qilingan kundan boshlab
05.10.2025 yil soat 18:00 ga qadar sherzodsuvankulov1985@gmail.com elektron manziliga yoki + 998 77 052 71 55 telegram raqamiga jo‘natishi mumkin.