Ai-80 markali benzin va dizel yoqilg‘isi arzonlashdi
- 04.05.2020 09:47
- 501
- Samarqand
2020 yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 may kunidan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi va neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
3 may kunidan e’tiboran Ai-80 markali benzin 4000 so‘mdan sotuvga chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Teglar:
benzin
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa