Aksiz markasiz 45 million so‘mlik sigaret olib ketayotgan avtoulov to‘xtatildi
- 05.02.2024 15:03
- 43
- Jinoyat va jazo
Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda Bulung‘ur tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida “Farg‘ona-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanayotgan shasx boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida avtomashina yukxonasi ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu avtoulovda jami 2500 quti, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari xufyona tarzda yashirilib, noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, sigaretlarning qiymati 45 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2023 yil davomida 18 holatda 2,5 mlrd. so‘mga yaqin 171 651 quti tamaki mahsulotlari ushlab qolingan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa