403 million so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan do‘kon fosh etildi
- 29.05.2024 15:32
- 116
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat ichki ishlar boshqarmalari xodimlari tomonidan Samarqand tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tumanning “O‘zbekkenti” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “X.S.” oilaviy korxonasining savdo do‘konida hech qanday hujjatsiz umumiy qiymati 403 million so‘mlik 49 turdagi jami 11 054 dona, shundan 5 230 donasi qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 59 daqiqa avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa