Oqdaryoda iste’molga yaroqsiz 1,5 ming donadan ziyod spirtli ichimlik yo‘q qilindi
Majburiy ijro byurosining Oqdaryo tuman bo‘limi ish yurituviga jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining ijro varaqasiga asosan javobgar F.M.ga oid jinoyat ishi bo‘yicha daliliy ashyo sifatida olingan qalbaki ravishda yasalgan 0,7 litr hajmli 1524 dona aroq mahsulotlarini yo‘q qilish bilan bog‘liq ish kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, iste’molga yaroqsiz 1524 dona aroq mahsulotlari va unga bog‘liq boshqa 12 turdagi maxsulotlar tegishli tartibda yo‘q qilingan va bu haqda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
"Mazkur ijro hujjati “Maroqand Obod” DUK markaziy chiqindixonasi hududida MIBning viloyat boshqarmasi va Oqdaryo tumani bo‘limi xodimlari hamda tegishli idora vakillari, xolislar ishtirokida ijro hujjatida ko‘rsatilgan daliliy ashyo sifatida olingan mol-mulklar sindirish va qo‘mib tashlash yo‘li bilan yo‘q qilindi. Mazkur ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlandi", - deyiladi MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabarida.