Alsgeymer kasalligiga qarshi vaksina yaratildi
Janubiy Florida sog‘liqni saqlash universiteti olimlari alsgeymer xastaligining xavfli va davosi yo‘q turi bilan kasallangan bemorlarga yordam berishi kutilayotgan vaksina yaratishdi. Bu haqda Lenta.ru nashri xabar berdi.
Klinik sinovlardan oldingi tadqiqotlar amiloid beta peptidning neyrotoksik shakllariga qaratilgan dentrit vaksina xavfsiz va asab hujayralari nobud bo‘lishining asosiy sababi hisoblangan amiloidning qattiq qatlamlari hosil bo‘lishiga qarshi immunitetni shakllantirishini ko‘rsatdi.
Bugunga qadar alsgeymer kasalligini davolash uchun sinovdan o‘tkazilgan barcha antiamiloid vaksinalarning klinik sinovlari muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan edi. Misol uchun, shunday vaksinalarning biri sinovdan o‘tkazilayotgan vaqtda bir nechta bemorlarda markaziy asab tizimi yallig‘lanishi rivojlana boshlagan. Tananing mudofaa reaksiyasini tartibga soluvchi dentrit hujayralar mavjudligi sababli, yangi dori keksa bemorlarning immun tizimini haddan tashqari zo‘riqtirmasligi kerak.
Yangi vaksina alsgeymer xastaligiga yondosh kasallik bilan kasallangan transgen sichqonlar xotirasi pasayishini sekinlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, sichqonlarning emlangan va emlanmagan nazorat guruhlari o‘rtasida plazmalarda yallig‘lanishli sitokinlar darajasida sezilarli farq aniqlanmagan.