Almashtirilmagan yostiqjild bakteriyalar manbai ekani aniqlandi

Hafta mobaynida yostiqlar jildida hojatxona o‘rindiq to‘shamasiga qaraganda 17 000 marta ko‘proq bakteriyalar to‘planar ekan.
Tadqiqotchilar yuvilmagan matolardan namunalar oldilar va mikroorganizmlar ko‘payishini kuzatdilar. Sinovlar paxta va ipak matolarda ter, so‘lak, o‘lik teri hujayralari tufayli zamburug‘lar va mikroblarga to‘la ekanini ko‘rsatgan.
Hafta davomida bir yostiqda uxlash allergiya, turli infeksiyalar va yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin.
Statistikaga ko‘ra, odam yostiq jildini har 24 kunda o‘zgartiradi, dermatologlar esa yostiqjildlarni haftasiga kamida ikki marta almashtirishni maslahat berishadi.