Kobra, gyurza, efa kabi ilonlar zahridan dorilar tayyorlanmoqda
Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi xorijiy korxonada ilonlar va boshqa zaharli jonzotlarni ko‘paytirish hamda ular zahridan tibbiy va kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Chet el investitsiyalari asosida tashkil etilgan korxonaning umumiy loyiha qiymati 20 million AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu loyiha doirasida davlat byudjetiga tushum 5 million dollarni tashkil etadi. Ayni paytda esa 8 million dollarlik eksport mahsulotlari ishlab chiqarilib, tashqi bozorlarga yo‘naltirilmoqda.
Korxona huzurida 10 mingdan ortiq ilon, 3 mingta boshqa sudralib yuruvchilar hamda 20 mingdan ziyod o‘rgimchaklarni parvarishlashga mo‘ljallangan zamonaviy serpantariy va terrariumlar tashkil etilgan.
— 2025 yilda korxonaga 20 million dollarlik qo‘shimcha chet el investitsiyalari jalb qilinib, ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi barpo etildi, — deydi ushbu “BIOTECH RESEARCH and INNOVATION” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona rahbari Botir Fayozov. — Ushbu kompleks tarkibiga naslni tiklashga qaratilgan reabilitatsiya markazi, vivarium, tadqiqot laboratoriyalari, ozuqa bazasi hamda zardob, dori-darmon va kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘limlari kiradi.
Shuningdek, loyiha doirasida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan ilonlar, chayonlar va boshqa nodir jonzot turlari ko‘paytirilib, belgilangan tartibda tabiiy muhitga qaytariladi.

Shuningdek, loyiha doirasida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan ilonlar, chayonlar va boshqa nodir jonzot turlari ko‘paytirilib, belgilangan tartibda tabiiy muhitga qaytariladi.