Andjey Duda ikkinchi marotaba Polsha prezidentligi lavozimini qabul qilib oldi
- 06.08.2020 20:30
- 48
- Xorij
Polsha prezidentligi lavozimiga ikkinchi muddatga qayta saylangan Andjey Duda davlat rahbari lavozimini qabul qilib oldi. Qasamyod qabul qilish tantanali tadbiri 6 avgust kuni Seyma vakillar majlisi (parlamentning qo‘yi palatasi) zalida o‘tkazildi.
Duda iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan navbatdagi prezident saylovlarida g‘alaba qozondi. Saylovning ikkinchi bosqichida 51.03 foiz saylovchi Duda nomzodini qo‘lladi. Uning raqibi respublikada eng yirik “Fuqarolik platformasi” muholifat partiyasi vakili, Varshava meri Rafal Tshaskovskiy 48.97 foiz ovoz yig‘di. Muholifat saylovda nohaqlik bo‘lganini ta’kidlab, natijalar bekor qilinishini talab qildi.
Polshada prezident saylovlari har besh yilda o‘tkaziladi. Mamlakat rahbarligi lavozimini bitta odam ikki muddatdan ko‘p egallay olmaydi. Duda 2015 yilda birinchi muddatga mamlakat prezidenti etib saylangan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!