Polshadagi shaxtada yana  avariya sodir bo‘ldi

Bu mintaqadagi konda oxirgi 4 kun ichida sodir bo‘lgan ikkinchi avariyadir. O‘tgan chorshanba kuni metan portlashi oqibatida 5 nafar shaxtyor halok bo‘lgan, 20 kishi jarohatlangan edi.

Polsha janubida, Chexiya bilan chegara yaqinidagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan halokat oqibatida 10 nafar konchi bedarak yo‘qoldi.

Polsha prezidenti Anjey Duda ofat yuz bergan Yastrzebiye-Zdroj shahriga tashrif buyurdi.

Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, shanbaga o‘tar kechasi taxminan 900 metr chuqurlikda kuchli yerosti zilzila sodir bo‘lib, metan ajralib chiqqan.

Kechasi «Yastshembskiy ko‘mir ittifoqi» koniga egalik qiluvchi kompaniyalar qutqaruvchilar silkinishdan keyin aloqani to‘xtatgan o‘nta konchidan to‘rttasini topgani haqida xabar berdi. Ulardan biri halok bo‘lgan. Yana olti nafar shaxtyorni qidirish davom etmoqda. Operatsiyaga metanning yuqori konsentratsiyasi to‘sqinlik qilmoqda.

Ko‘mir qazib oluvchi shirkat 42 kishi jabr ko‘rmagani va shaxtani o‘zlari tark etishga muvaffaq bo‘lganini aytdi.