Ukrainadagi vaziyat: Polsha Leopard tanklari Ukraina keldi, Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi, AQSh Kiyevga navbatdagi 2 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatadi
Polsha birinchi Leopard tanklarini Kiyevga topshirdi, ular allaqachon Ukraina hududida, tanklarning birinchi partiyasi to‘rttadan iborat.
“Bular biz boshlagan koalitsiya tank yordami doirasida Ukrainaga yetib keladigan birinchi tanklar”, dedi Polsha prezidenti Anjey Duda Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
Umuman olganda, Polsha Ukrainaga 14 ta Leopard tankini yetkazib berishga va’da bergan.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi esa juma kuni Ukrainadagi vaziyat munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilgani haqida ma’lum qildi.
Sanksiyalar harbiy texnika ishlab chiqarish yoki ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga nisbatan qo‘llanilgan. Gap Rossiya harbiy-sanoat majmuasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samolyotlar uchun ehtiyot qismlar, radiotexnika, elektron komponentlar, xususan, dronlarni ishlab chiqarish haqida ketmoqda. Shuningdek sanksiyalar qator banklarni ham qamrab olgan.
O‘z navbatida Pentagon juma kuni Ukrainaga 2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Defense News.
Yangi yordam HIMARS uchun ko‘proq o‘q-dorilar, o‘q-dorilar, havo hujumiga qarshi uchuvchisiz tizimlar, harbiy texnikani aniqlash uchun elektron jihozlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
AQShning yil davomida Ukrainaga harbiy yordami 32 milliard dollarga yetgan.