Polsha ta’lim vaziri Prezident maktabida bo‘ldi
- 13.06.2025 17:46
- 22
- Ta’lim

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Polsha Respublikasi ta’lim vaziri Barbara Novaskaya Samarqandga tashrif buyurdi.
Mehmonlar dastlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari hamrohligidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishdi.
Maktab o‘quvchilarining milliy cholg‘u asboblari bilan ijro etgan musiqalari hamda texnik ishlanmalar, ixtirolar ko‘rgazmasi delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Muassasada o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari, tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha laboratoriya xonalari Polsha ta’lim vaziri e’tiborini tortdi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqand tumanida sportga e’tibor berilyaptimi?
- 2 soat avval
- Sport
Bugundan subsidiyaga ariza berish boshlandi
- Bugun, 10:13
- Iqtisodiyot
Qarz va 100 dollar
- Kecha, 19:48
- Mutolaa
Sudlar faoliyati sarhisob qilindi
- Kecha, 19:19
- Samarqand