Anomal sovuq ob-havo hafta oxirigacha davom etadi
Bunday sovuq so‘nggi marta 2008 yilning yanvar oyida kuzatilgani aytilmoqda. 1972, 1973, 1974 va 1977 yillarda respublikada bundan ham sovuq ob-havo qayd etilgan.
"O‘zgidromet" xabariga, 11 yanvarda faqat respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan qor yog‘ishi saqlanib turadi.
Keyinchalik hafta oxirigacha O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
10-11 yanvar kunlari Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi soatiga 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa soatiga 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Sovuq havoning kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha haroratning sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘ladi.
Haftaning o‘rtasiga kelib, harorat kechalari -12...-17 gradus sovuq, ba’zi joylarda -20 gradus sovuq, kunduz kunlari -5...-10 gradus sovuq, ba’zi joylarda -12 gradus sovuq bo‘ladi. Eng kuchli sovuq respublika shimolida — kechalari -20...-25 gradus sovuq, Ustyurtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida -27...-30 gradus sovuq, kunduz kunlari -7...-12 gradus sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Ushbu haftaning oxirigacha anomal (g‘ayritabiiy) sovuq ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekiston bo‘yicha eng past harorat qiymatlari so‘ngi marta 2008 yilning yanvar oyida kuzatilgan.
Respublika hududi bo‘yicha harorat -17...-22 gradus sovuq, ba’zi joylarda -24...-26 gradus sovuq, Qoraqalpog‘iston va cho‘l hududlarda -30...-33 gradus sovuq qayd etilgan. O‘sha yilda Toshkentda minimal harorat -17...-4 gradus sovuqni tashkil etgan.
1972, 1973, 1974 va 1977 yillarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yanada qattiq sovuqlar kuzatilgan. Shimolda va cho‘l hududlarda bu yillarda harorat -33...-38 daraja sovuq ob-havo kuzatilgan. Toshkentda 1974 yilning yanvar oyida havo harorati -18...-6 daraja sovuq qayd etilgan.