AQSh elchixonasi viza olish jarayonidagi to‘lovlarga aniqlik kiritdi
- 26.11.2019 16:47
- 395
- O‘zbekiston
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi viza olmoqchi bo‘lgan fuqarolarga to‘lov masalasidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
«AQSh vizasiga to‘lanadigan ma’muriy to‘lov faqatgina AQSh dollarida, qaytim talab qilmaydigan kupyuralarda qabul qilinadi.
Elchixona AQSh dollarining holati bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatgan. Kir, zarar yetkazilgan, yirtilgan, chizilgan, muhrlangan va 1997 yildan avval muomalaga chiqarilgan kupyuralarni to‘lov uchun qabul qilmaydi.
To‘lov talablariga rioya qilmagan murojaatchilar suhbatga kiritilmasligi mumkin va keyingi kunga takroran suhbatga yozilishlari kerak bo‘ladi», deyiladi konsullik axborotida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa