Armaniston Qorabog‘da sulh tuzish shartini aytdi
- 07.10.2020 18:40
- 573
- Xorij
Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha Turkiya ziddiyatdagi ishtirokini to‘xtatsagina Boku va Yerevan o‘rtasida sulh tuzilishi mumkin, deya ta’kidladi Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan.
“Armaniston uchun Anqaraning Armaniston-Ozarbayjon qarama-qarshiligiga aralashuvini to‘xtatishi juda muhim”, deya alohida ta’kidladi Pashinyan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning ziddiyatdan chiqishi – ehtimoliy sulh tuzilishining asosiy sharti. Shuningdek, mahalliy aholiga zulm qilayotgan barcha yollanma jangari va terrorchilar bahsli hududdan chiqarilishi lozim.
Turkiya Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlardagi ishtirokini rad etib kelmoqda. Bir muddat ilgari Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘lu agar Ozarbayjonga zarur bo‘lsa, Anqara Bokuga har qanday zaruriy yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa