Asossiz bo‘shatilgan shifokor ishga tiklandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2023 yil 5 maydagi da’vogar N.D.ni javobgar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filialiga hududlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjati MIBning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Darhol ijro harakatlariga kirishilgach, muassasa mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda da’vogar N.D.ni ishga tiklash majburiyati yuklatilgan.
Shuningdek, muassasa mansabdor shaxslari ijro hujjatining talabini bajarmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligi bo‘yicha ogohlantirilgan.
Natijada da’vogar muassasaning ishga tiklash to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan lavozimiga ishga tiklangan.
Shu tariqa, sud qarori ijrosi bir ish kuni ichida ijro etilib, xodimning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi.
Bekzod Turdiyev, MIBning Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi.