Avariya sababli Samarqand shahridagi bir qator mahallalarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Samarqand shahrini suv bilan ta’minlovchi «Dahbed» suv inshootida 800 mm.lik magistral suv tarmog‘ida avariya sodir bo‘lgan. Shu sababli suv ta’minoti avariya holatida o‘chirilgan.
Shahar hokimligi bayonotiga ko‘ra, nosozlikni bartaraf qilinishi munosabati bilan:
Motrid, Sayhun, Gagarin, Rudakiy, Mirzo Ulug‘bek Amir Temur, Farhod, Shota Rustaveli, Al Xorazmiy ko‘chalarida;
Matonat, Bog‘dod, Tutzor, Turon, Maqsud Shayxzoda, Sevali ota, Farovonlik, Lohutiy, Gulbahor, Said, Bog‘ichinor mahallarila ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.