Avtobus yuk mashinasiga urilib ketdi

28 iyul, seshanba kuni Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida "Isuzu" rusumli avtobus hamda "Zil-131" rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, harakatda davom etayotgan 18-avtoparkka tegishli «Isuzu» rusumli avtobus haydovchisi 30 yoshli R.Sh. yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun kutilmagan harakat (manyovr) sodir etgan. Yaqin atrofda harakatlanib borgan «Zil-131» rusumli yuk avtomobili haydovchisi 28 yoshli M.B. favqulodda to‘xtash uchun barcha choralarni ko‘rishiga qaramasdan, avtobusning yon tomoniga to‘qnashishi natijasida avtobus ag‘darilib ketgan.
YTHda hech kim jabrlanmadi.