Avtomobilga taqiq bor-yo‘qligini onlayn tekshirish mumkin

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtronsport vositalariga taqiq mavjudmi yoki yo‘qligini my.gov.uz orqali tekshirishlari mumkin.

Muhimi, avtotransport vositasi o‘zingizga tegishli bo‘lishi kerak.

Avtotransportni bosh ishonchnoma yoki ishonchnoma asosida boshqaruvchilar bu xizmatdan foydalana olishmaydi.

My.gov.uz orqali taqiqni tekshirish xizmati – bepul. Javob ham bir zumda taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun: mazkur xizmat orqali sud, ichki ishlar, soliq va bojxona organlari, Majburiy ijro byurosi, notarial idoralar tomonidan qo‘yilgan qarzdorlik, kredit majburiyati, ijro hujjati va boshqa sabablarga ko‘ra belgilangan taqiqlarni aniqlash imkoniyati mavjud.