Axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–794-son, 19.10.2022 y.)

• Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

• Endilikda ushbu qilmish BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

• Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga moddiy madaniy meros ob’yektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik belgilandi.

• Ushbu huquqbuzarlik og‘irlashtiruvchi holatlarda 15 sutka ma’muriy qamoqqa olishga yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi, deyiladi Huquqiy axborot bergan ma’lumotda.