Ayol bolani parvarishlash ta’tili davrida ishlashi mumkinmi?
- 25.02.2020 13:59
- 530
- Yo‘riqnoma

Ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
Shuningdek, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til beriladi. Bu davrda ish joyi saqlanadi.
Ayol o‘z xohishiga ko‘ra, bolani parvarishlash ta’tili davrida to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashi mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sudlar faoliyati sarhisob qilindi
- 37 daqiqa avval
- Samarqand
Qarz va 100 dollar
- 2 soat avval
- Mutolaa
25 yilda Kofirqal’adan nimalar topildi?
- Bugun, 14:45
- Madaniyat