Badavlat kishilarning g‘alati xaridlari

Forbes jurnali ma’lumotiga ko‘ra, Ilon Mask 2021 yilda dunyodagi eng boy odam bo‘ldi. Mashhur muhandisning boyligi (albatta uning Tesla kompaniyasi qiymatining o‘sib borishi yordamida) 270 milliard AQSh dollariga baholanmoqda. Amerikalik milliarder juda kam uchraydigan raritet, konveyerda ommaviy ishlab chiqarilgan tarixdagi birinchi avtomobillaridan biri Ford Model Tga egalik qiladi. Shu bilan birga yosh tadbirkor ko‘chmas mulk sotib olmaydi, u 50 ming dollar turadigan kichik konteynerda yashaydi.

Qiziq, boy odamlar g‘alati, ularni ba’zida tushunish juda qiyin. Bugungi maqolamiz boylarga xos injiqliklar to‘g‘risida.

Oltin ko‘ylak

4 самых странных покупки, которые смогли позволить себе только очень богатые люди

Kredit berish orqali boyib ketgan hindistonlik millioner Datta Fugening oltinga bo‘lgan buyuk sevgisi ko‘plarga ma’lum edi. 2013 yilda Fuge sevimli metallidan buyurtma asosida o‘ziga ko‘ylak yasatib, ko‘pchilikni undan-da hayratga qoldirdi. Og‘irligi 3,5 kilogramm bo‘lgan oltin libos hindistonlikka 250 ming dollarga tushdi. U tilla ko‘ylakdan tashqari uzuk, medalon, bilaguzuk va boshqa turli taqinchoqlar ham taqib yurgan.
Fuge bolaligidan orzu qilgan oltinlar uni baxtli qila olmadi. 2016 yilda bayramga taklif qilingan erkak 12 kishi kaltaklaganidan so‘ng vafot etdi.

HAMAD

4 самых странных покупки, которые смогли позволить себе только очень богатые люди

Kamalakning barcha ranglaridagi eng qimmat Mercedes avtomobillari kolleksiyasi egasi sifatida tanilgan Birlashgan Arab Amirliklarining ikkinchi prezidenti Hamad ibn Hamdan Al-Nahayon koinotdan ko‘rinib turishi uchun Futaisi shaxsiy oroli yonida o‘z ismini yozdirishga qaror qildi.

4 самых странных покупки, которые смогли позволить себе только очень богатые люди

Ishchilar chuqur kanallar qazib ularni suv bilan to‘ldirishdi. Natijada kengligi 3 kilometrga cho‘zilgan besh belgidan iborat – HAMAD yozuvi bir necha yil davomida katta balandlikdan ko‘rinib turardi. Biroq, tez orada milliarder o‘z fikrini o‘zgartirdi va uning buyrug‘i bilan yozuv o‘chirildi.

Ikkinchi “Titanik”
“Avstraliyalik Donald Tramp” deb ataladigan Klayv Palmer 2012 yilda mashhur Titanik laynerining nusxasini qayta yaratishga qaror qildi. Qurilishni yakunlash 2022 yilda mo‘ljallangan. Suvga tushirilgach, kema o‘zining o‘tmishdoshi qilgan mash’um marshtrut bo‘yicha Sautgemptondan Nyu-Yorkka yo‘l oladi.

4 самых странных покупки, которые смогли позволить себе только очень богатые люди

Milliarder rejalashtirganidek, ekipaj va kema dizayni butunlay 20-asrdagidek bo‘ladi, undagi yagona farq zamonaviy texnik jihozlar bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, muhandislar 100 yil oldin sodir bo‘lgan falokat takrorlanmasligi uchun hamma narsani ikir-chikirlarigacha o‘ylab ko‘radilar. Titanikning egizagini qurish uchun Klayv Palmer 500 million dollar sarflashiga to‘g‘ri keldi.

Belmont – kelajakdagi shahar

4 самых странных покупки, которые смогли позволить себе только очень богатые люди

Microsoft asoschisi Bill Geyts 2017 yilda o‘zining Belmont Partners investitsiya kompaniyasi orqali Arizona shtatining Feniks shahri yaqinidan yer sotib oldi. Bu yerda u “aqlli” shahar qurmoqchi. O‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun u loyihaga 80 million dollar sarmoya kiritdi. Belmontda barcha binolar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan holda quriladi.

***

Ba’zilar uchun tushunarsiz va hayratlarli yana bir fakt: hayotda nafaqat odamlar, balki hayvonlar ham boy bo‘lishi mumkin ekan.
Nemis grafinyasi Kalotta Libenshteynning yagona merosxo‘ri Gyunter VI laqabli ovcharka 373 million dollar boylikka ega: uy hayvoni Italiyada yashaydi, hashamatli BMW minadi va juda baxtli hayot kechiradi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.