Bank yangi markaz ochdi

Samarqand viloyati aholisiga yanada sifatli va zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatish maqsadida AT “Asaka bank” viloyat filiali tomonidan joriy yil boshida “Afrosiyob” bank xizmatlari markazi tashkil etilgandi.

Ushbu markaz o‘z vakolatlari doirasida mijozlarga barcha turdagi bank xizmatlarini, jumladan, kommunal to‘lovlarni qabul qilish, kassa xizmatlari, xalqaro va xorijiy pul o‘tkazmalari, plastik kartalar ochish,  aholiga har xil turdagi kreditlar ajratish kabi xizmatlarni bank iste’molchilariga ko‘rsatib kelmoqda.

500 ga yaqin doimiy mijozga ega bo‘lgan mazkur markaz hozirgacha 125 nafar mijozga 1,7 milliard so‘mlik mikroqarz, 250 mijozga 2,9 milliard so‘mlik iste’mol krediti va 20 mijozga 2,5 milliard so‘mlik avtokredit, jami 400 mijozga 8,3 miqdorida kreditlar ajratilib, 1,1 milliard so‘mlik depozitlar jalb etildi.

Bundan tashqari, markazda aholiga qulaylik yaratish uchun 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatayotgan shoxobchada infokiosk, “HUMO” va “UzCard” to‘lov tizimlarida ishlovchi bankomatlar mavjud bo‘lib, aholi talabidan kelib chiqqan holda bu bankomatlar muntazam naqd pul bilan ta’minlanmoqda.

Farrux ShAKAROV,

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.