Bashoratchi Vanga qanday ko‘r bo‘lib qolgan?

Vanga – asl ismi Vangeliya Gusherova bo‘lgan qizaloq 1911 yilning 31 yanvarida Bolgariyaning Petrich qishlog‘ida tug‘ilgan.

Otasi Panda Surchev podachi bo‘lgan. 3 yoshida onasi vafot etgan, 11 yoshida to‘fon  natijasida ko‘zlariga qum kirib ko‘r bo‘lib qolgan. Ungacha ham o‘zining voqea-hodisalarni oldindan aytib berish qobiliyatini namoyish qilgan. Aytishlaricha, davlat rahbarlari katta amaldor va yirik sardorlar Vanga qabulida bo‘lganlar. Ular orasida SSSRning sobiq birinchi rahbari Leonid Brejnev, Kuba Respublikasi prezidenti Fidel Kastro, AQSh sobiq prezidenti Jon Kennedi, Hindiston bosh ministri La’l Bahodir Shastri va boshqalar bor.

Birinchi bashorati 12 yoshida otasiga yo‘qolgan qo‘yining aniq joyini aytadi. 1941 yildagi urushning 6 oy avval bashorat qiladi. O‘limidan so‘ng qaytib kelishini ham Vanganing o‘zi bashorat qiladi. “Mening qobiliyatim fransiyalik ko‘zi ojiz qizga o‘tadi...” deydi. Bu qiz 8 yoshli (2013 yilda) Kasde Uber edi.

Buyuk bashoratchining o‘zi 1996 yilning 11 avgustida vafot etadi.

Izzatulla Norquvvatov tayyorladi.