Bektemir Meliqo‘ziyev Gabriel Rosadoga qarshi revansh jangini o‘tkazadi
Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Supero‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (11-1) navbatdagi jangini qachon va qayerda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.
Hamyurtimiz 22 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenada tashkil etilayotgan boks oqshomida ringga chiqadi. Meliqo‘ziyevga sobiq raqibi, meksikalik Gabriel Rosado (26-16-1) raqibliq qiladi. Bektemir prof-boksdagi yagona mag‘lubiyatini aynan Rosadodan qabul qilib olgan.
Ta’kidlash joiz, Premier Boxing Championship tomonidan tashkil etilayotgan turnirning markaziy jangida yengil vazn toifasi vakillari — Jervonta Devis va Rayan Garsiya to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev so‘nggi jangini 29 yanvar kuni amerikalik Ulises Serraga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval zafar quchgan edi. Rosado esa ohirgi uchta jangining barchasida mag‘lub bo‘ldi, uning so‘nggi g‘alabasi Bektemir Meliqo‘ziyev bilan jangga to‘g‘ri keladi.