Belarusni dushmanlardan ozod qilishda jon bergan samarqandliklarni taniysizmi?
Ikkinchi jahon urushi yillarida jangovor harakatlarda yurtimiz o‘g‘lonlaridan 600 mingga yaqini o‘z hayotini qurbon qilgan. Urushda halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik jangchilar xotirasini abadiylashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Xotira kitoblari nashr etilgan. Samarqand viloyatiga bag‘ishlangan Xotira kitoblarida ham urushda halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan 44 ming 664 kishining familiyalari keltirilgan. Bunda halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan jangchining tug‘ilgan yili, oy va joyi, qaysi qismda xizmat qilgani, harbiy unvoni, qachon va qayerda halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolgan joyi, aniq bo‘lsa, qayerga dafn etilganligi ko‘rsatilgan.
Andijon davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori, “Vodiynoma” jurnali bosh muharriri, Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori Rustambek Shamsutdinov taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasiga oid “Pobeda odna na vsex. Belarus - Uzbekistan” nomli ilmiy-ommabop kitob chop etilgan.
Tuzuvchisi va matn muallifi Vladimir Vladimirovich Andreyevich bo‘lgan bu kitob Belarus Respublikasi Minsk oblastidagi Petrus Brovki nomli Belarus ensiklopediyasi nashriyotida rus tilida e’lon qilingan. Unda O‘zbekistondan harbiy xizmatga olingan, Belarus hududidagi janglarda mardlarcha halok bo‘lgan mingdan ortiq (ulardan 151 nafari Samarqand farzandlari edi) harbiy xizmatchilarning dafn qilingan joylari, oxirgi manzilgohlari ko‘rsatilgan. Bu kitob Ikkinchi jahon urushi tarixiga qiziqqan, g‘alaba uchun o‘z hayotini baxshida etgan yaqinlarini qidirayotganlar uchun juda qimmatli ahamiyatga ega.
Biz tadqiqot o‘tkazib, 151 nafar yurtdoshlarimizdan 14 nafarini alohida ajratdik. Sababi, ular haqida yangi ma’lumotlar, xotiralar topilishiga umid bor. Gazeta sahifalarida e’lon qilingan familiyalar orqali hozirgi avlod o‘tganlar oldidagi burch-vazifalarini eslab, ro‘yxatda keltirilgan jangchilarning qabrlari orqali o‘z avlodlarini topish imkoniyati vujudga kelishiga ishonamiz.
T/r |
Ismi va familiyasi |
Harbiy unvoni |
Tug‘ilgan sanasi |
Halok bo‘lgan sanasi |
Harbiy dafn etish raqami, dafn qilingan joyi |
Xotira kitobidan topilgan qo‘shimcha ma’lumotlar |
1 |
Shukurov Jo‘ra |
oddiy askar |
1919 yil Samarqand viloyati |
1943 yil Belarus uchun bo‘lgan janglarda halok bo‘lgan |
Vitebsk oblasti Dubrovensk rayon Volekovsk qishloq soveti Kalinovka agroshaharchasida jangda halok bo‘lgan, qabr raqami 4833 |
Bulung‘ur tumanida 1898 yilda tug‘ilgan, 78-o‘qchi diviziyada 1944 yilda 9 oktyabrda jangda halok bo‘lgan |
2 |
Shukurov Jo‘raqul |
oddiy askar |
1919 yil Samarqand viloyati |
1943 yil Belarus uchun bo‘lgan janglarda halok bo‘lgan |
Vitebsk oblasti Dubrovensk rayon Volekovsk qishloq soveti Kalinovka agroshaharchasida jangda halok bo‘lgan, qabr raqami 4833 |
Samarqand tumanida Xo‘ja Axror qishlog‘ida 1913 yilda tug‘ilgan, 1943 yilda halok bo‘lgan |
3 |
Umarov Xudoyqul |
oddiy askar |
1902 yil Samarqand viloyati |
1944 yil Belarus uchun bo‘lgan janglarda halok bo‘lgan |
Vitebsk oblasti Vitebsk rayoni Oktyabr qishloq soveti Shapuri qishlog‘ida jangda halok bo‘lgan, qabr raqami 4420 |
Ishtixon tumanida Katta qang‘li qishlog‘ida 1916 yilda tug‘ilgan, bedarak yo‘qolgan |
4 |
Xudoyqulov Said |
oddiy askar |
1925 yil Samarqand viloyati |
1943 yil Belarus uchun bo‘lgan janglarda halok bo‘lgan |
Vitebsk oblati polotsk rayoni Malositnyask qishloq soveti Turovlya qishlog‘ida jangda halok bo‘lgan, qabr raqami 4285 |
Jomboy tumanida tug‘ilgan sanasi ma’lum emas, 1943 yilning 11 iyulida № 1145 – sanitar gospitalida vafot etgan |
5 |
Sharipov G‘affor |
oddiy askar |
1911 yil Samarqand viloyati |
1943 yil Belarus uchun bo‘lgan janglarda halok bo‘lgan |
Vitebsk oblasti Dubrovensk rayon Volekovsk qishloq soveti Orlovichi agroshaharchasida jangda halok bo‘lgan, qabr raqami 4838 |
Samarqand shahrida 1925 yilda tug‘ilgan. oddiy askar, bo‘linma komandiri bo‘lib 1945 yil martida bedarak yo‘qolgan |
6 |
Yusupov Xalim |
kichik leytenant |
1922 yil Samarqand viloyati Narpay tumani Mirbozorda tug‘ilgan |
1942 yil 26 iyunda Rjevda asirlikda bo‘lgan, keyinchalik Belarus uchun bo‘lgan jangda 1943 yil 26 iyulda halok bo‘lgan |
Minsk oblasti Borisov shahrida, 382 lager 83-son qabristonda dafn etilgan, qabr raqami 702 |
1916 yilda tug‘ilgan, oddiy askar, 1943 yilda bedarak yo‘qolgan |
7 |
Mansurov Umar |
oddiy askar |
1918 yil Samarqand shahrida tug‘ilgan |
8 MSBR da xizmat qilgan, 1944 yilda Belarus uchun bo‘lgan jangda halok bo‘lgan |
Brest oblasti Prujansk rayoni Shereshevsk qishloq soveti Kupichi qishlog‘ida, qabr raqami 181 |
Siyob tumanida tug‘ilgan. Tavallud sanasi haqida ma’lumot yo‘q, 1944 yil 17 iyulda halok bo‘lgan |
8 |
Nazarov Tesha |
oddiy askar |
1923 yil Samarqand shahrida tug‘ilgan |
Belarus uchun bo‘lgan jangda 1944 yilda halok bo‘lgan |
Vtibsk oblasti Polotsk rayoni Zaozersk qishloq soveti Turovlya qishlog‘ida, qabr raqami 4285 |
Siyob tumanida tug‘ilgan. Tavallud sanasi haqida ma’lumot yo‘q, 1944 yil 30 iyulda halok bo‘lgan |
9 |
Raxmonov Omon |
oddiy askar |
1920 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan |
Belarus uchun bo‘lgan jangda 1944 yilda halok bo‘lgan |
Brest oblasti Prujansk rayoni Mokrov qishloq soveti Rudniki agro shaharchasida halok bo‘lgan, qabr raqami 185 |
Siyob tumanida 1916 yilda tug‘ilgan, 1943 yilda 14 noyabrda halok bo‘lgan. |
10 |
Axmedov Usmon |
oddiy askar |
1918 yil Samarqand rayonida tug‘ilgan |
Belarus uchun bo‘lgan jangda 1943 yilda halok bo‘lgan |
193-Dneprovskaya o‘qchi diviziyasida xizmat qilgan, 1943 yil 9 dekabrda Gomel oblasti Klinkovichsk rayoni Naxovsk qishloq soveti Zamost qishlog‘idagi qabristonga dafn qilingan, qabr raqami 3922 |
1911 yilda Toyloq tumanida tug‘ilgan, bedarak yo‘qolgan |
11 |
Axmedov Usmon |
oddiy askar |
1906 yil Samarqand rayonida tug‘ilgan |
Belarus uchun bo‘lgan jangda 1943 yilda halok |
Polesskaya oblasti Vasilchevskiy rayon Zamost qishlog‘idagi qabristonga dafn qilingan, qabr raqami 3922 |
1906 yil Samarqand rayonida tug‘ilgan 1943 yilda halok bo‘lgan |
12 |
Nosirov Zarip |
oddiy askar |
1925 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan |
Belarus uchun bo‘lgan jangda 1944 yilda halok bo‘lgan |
Vitebsk rayoni Voronovskiy qishloq soveti Voroni agroshaharchasida jangda halok bo‘lgan, qabr qaqami 4391 |
tug‘ilgan yili haqida ma’lumot berilmagan, Oqdaryo tumanidan, 1943 yilda halok bo‘lgan |
13 |
Karimov Raim |
oddiy askar |
1925 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan |
Belarus uchun bo‘lgan jangda 1944 yilda halok bo‘lgan |
Vitebsk oblasti Dubrovensk rayoni Osintorfsk qishloq soveti Osintorf manzilgohida jangda halok bo‘lgan, qabr raqami 4839 |
1905 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan, 1941 yilda bedarak yo‘qolgan |
14 |
Nazarov Rahim |
oddiy askar |
1899 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan |
Belarus uchun bo‘lgan jangda 1944 yilda halok bo‘lgan |
Vitebsk oblasti, Polotskiy rayoni Malositnyansk qishloq soveti Trudi qishlog‘ida jangda halok bo‘lgan, qabr raqami 4285 |
Past Darg‘om tumanidan, tug‘ilgan sanasi haqida ma’lumot yo‘q, 1944 yil martda Vitebsk oblasti Polevaya rayonida dafn qilingan |
Avloddan-avlodga xotira qoladi. Ulardan xatlar esdalik sifatida, rasm yoki fotosuratlar saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Ro‘yxatda ism, familiyalari keltirilgan insonlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, bizga xabar bering.
Rahimjon YuSUPOV,
Samarqand davlat unversiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi.