Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident tabrigi va bayram sovg‘alari topshirildi

Yusuf ota Ro‘ziyev, Ibrohim Abdunazarov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari. Ular Narpay tumani Mustaqillik hamda Oqtosh mahallasida yashaydi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov, tuman hokimi Sherzod Rahmonov, keng jamoatchilik  vakillari otaxonlarning xonadonida bo‘lib, 9 may - Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklashdi, bayram munosabati bilan ularga 15 million so‘mdan pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirdi.

R.Mamatov Prezidentimizning otaxonlarga yo‘llagan tabrik so‘zini o‘qib, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash boqiy an’analarimizdan biri ekanligini e’tirof etdi.

Shuningdek, viloyat 3-sektor rahbari hamda Paxtachi tumani hokimi Muzaffar Hamdamov tumanning Bog‘oloni mahallasida farzandlari, nabiralari qurshovida baxtli keksalik gashtini surayotgan urush ishtirokchisi G‘affor Safarov xonadonida bo‘lib, otaxon bilan dildan suhbatlashishdi, pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Umida Mamadaliyeva.