Besh kunda Samarqandga qancha sayyoh keldi?

Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlarida viloyatimiz  sayyohlar bilan gavjum bo‘ldi.

Besh kunda Samarqandga 145 ming nafar mahalliy va 50 ming nafarga yaqin xorijiy sayyoh keldi.

Viloyat turizm boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bayram kunlari aholining diqqatga sazovor maskanlarga sayohatini faollashtirish maqsadida turizm sohasida 30 foizgacha chegirmalar joriy etildi.

Jumladan, tadbirkorlik sub’yektlari, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari, madaniy meros ob’yektlari hamda turoperatorlar tomonidan imtiyozli takliflar taqdim etildi. Shuningdek, qo‘shimcha poyezd qatnovlari ham yo‘lga qo‘yildi.

Natijada Samarqandga 195 ming nafar mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurdi.