’’Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!’’
Bugun viloyatimizda mazkur shior ostida ma’naviyat festivali boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi oldidan o‘tkazilayotgan festival doirasida ijodiy uchrashuvlar, xayriya tadbirlari, konsert dasturlari o‘tkazilmoqda.
Poytaxtdan kelgan taniqli san’atkorlar, olimlar, yozuvchi va shoirlardan iborat targ‘ibotchilarning bir guruhi Past Darg‘om tumanidagi jazoni ijro etish muassasasiga bordi.
- Biz uchun bu uchrashuv kutilmagan bayram tuhfasi bo‘ldi, - deydi jazoni o‘tayotganlardan biri. - Shaxsan mening bugun ko‘nglim yorishdi. Sababi bugun muassasaga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova hamda bir guruh mashhur insonlar keldi. Ularni men faqat televizor yo internet orqali ko‘rganman. Ular saratonning issiq kunlarida qalbimizga bahoriy kayfiyat ulashdi.