BMT: 1,6 milliard odam inqiroz yoqasida

BMTning oziq-ovqat, energetika va moliyaviy tizimlar bo‘yicha global inqiroz guruhining hisobotida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab qariyb 1,6 milliard odam ocharchilik va qashshoqlik xavfi ostida.

"94 ta davlatda 1,6 milliardga yaqin odam inqirozning kamida bitta jihatiga duchor bo‘lmoqda va 1,2 milliardga yaqin odam "ideal bo‘ron" sharoitida yashaayotgan bo‘lib, ular har uch jihat - oziq-ovqat, energiya va moliyaviy tomondan o‘ta himoyasizdir" deyiladi hisobotda.

“Urush va boshqa inqirozlar butun dunyo bo‘ylab odamlarga misli ko‘rilmagan ocharchilik va qashshoqlik to‘lqini bilan tahdid solib, ortida ijtimoiy va iqtisodiy betartiblik qoldirmoqda”, deydi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ushbu ma’lumotlarga izoh berib.

Bilib qo‘ying: hech bir mamlakat, hech bir jamiyat ortida odamlar hayoti turgan inqirozdan qutulib qolmaydi. Vaholanki zaif odamlar va mamlakatlarga allaqachon jiddiy zarba berildi», deya qo‘shimcha qildi u.