Boburmirzo Obloqulov: Quruvchining vijdonini uyg‘otish kerak
Rudakiy ko‘chasida quvur yotqizishdagi kamchiliklar bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi B.Obloqulov shunday dedi:
- Barcha obektlarda har bir quruvchining ishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish mushkul. Hozircha buni bajarishga majburmiz. Chunki soha xodimlari faoliyatida korrupsiyaga oid holatlarni bartaraf etish og‘ir kechayapti. Hatto tarmoqdagi nazorat idoralari ham tomoshabin bo‘lib turibdi.
Ishni sifatsiz bajargan, davlat mablag‘ini talon-toroj qilgan binokor albatta, qonun oldida javob beradi. Lekin biz quruvchining vijdonini uyg‘otishimiz lozim. U kimning puliga, kim uchun qurayotganini, sifatsiz, chala ish oxir-oqibat uni boqayotgan xalq uchun zarar keltirishini tushunsin. Quruvchilik manfaat keltirish barobarida, sharafli kasb ekanligini anglab yetsin.
Buning uchun jamoatchilik, deputatlar, jurnalistlar, blogerlar, jonkuyar fuqarolar kuchidan foydalanish zarur.