Bola tug‘ilishi bilan maktabga onlayn hisobga qo‘yilishi tartibi joriy etilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab bola tug‘ilishi bilan doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga onlayn hisobga qo‘yiladi.

Keyingi yildan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi
✔️ 2024 yil 1 yanvardan boshlab:
bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi;
✔️ 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab:
nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi;
✔️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:
“Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablarini tashkil qilinadi;
✔️2024 yil 1 apreldan boshlab:
“Barkamol avlod” bolalar maktablari a’zolarining IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.