Borish qiyin bo‘lgan va chekka joylarda infratuzilma yaratgan, kempinglar tashkil qilgan tadbirkorlarga imtiyoz bor
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi PQ-238 sonli qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyulga qadar yetib borish qiyin bo‘lgan va chekka joylarda (aholi yashash punktlaridan kamida 10 kilometr yoki qattiq qoplamali avtomobil yo‘llaridan 5 kilometr uzoqlikda) alohida avtonom infratuzilmani yaratgan holda kempinglar tashkil etgan va «safari» turizmi xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslarning mazkur faoliyat turi bo‘yicha mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilangan.